
Allegri "Yuventus"dan nega ketganini aytdi
"Yuventus" klubi sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri turinliklar safidan iste’foga chiqarilishi borasida yana bir bor gapirib o‘tdi.
“Yuventus”dan ketganimdan umuman afsuslanmayman. Chunki besh yillik faoliyatimdan so‘ng tanaffus qilishim kerak edi. Balki “Yuventus” rahbariyati bu narsani mendanam oldin tushungandir. Ular bilan oramizda iliq munosabatlar saqlanib qolgan. “Yuventus” prezidenti futbolga to‘g‘ri yondoshadi”, - deydi 52 yoshli murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Allegri “Yuventus”ni 5 yil davomida boshqardi. Jamoa uning qo‘l ostida ketma-ket 5 mavsum A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi va 2 marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi.
Fikrlar