
Allegri “Yuventus”ni tark etmaydi
“Yuventus” klubining bosh direktori Juzeppe Marotta so‘zlariga ko‘ra, jamoa Massimiliano Allegri bilan o‘rtadagi shartnomani uzaytirishni maqsad qilgan.
– Allegri uch yildan beri “Yuventus”da faoliyat olib bormoqda. O‘ylaymanki, yana 3-4 yil qoladi. Men klublarning doimiy ravishda murabbiylarni almashtirishini tushumayman. Kelishuvi yakuniga etayotgan mutaxassislar ham bor, ammo hech kim Allegrichalik gapirilmaydi. Allegri – bu g‘alabalar kaliti. Biz uning jamoani tark etishiga hech qanday sabab ko‘rmayapmiz, – deydi Marotta.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” 20-turdan so‘ng 45 ochko bilan musobaqa jadvalida hamon peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar