
Allegri "Yuventus"ning maqsadi haqida gapirdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimliano Allegri jamoasi B Seriyaga tushib ketmaslik uchun kurashishini aytdi.
Ayni vaqtda Turin klubi hisobida 23 ochko bor va ular A Seriya turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.
"Bizga har bir ochko najot va imkoniyatlarimizdan maksimal foydalanishimiz kerak. Haqiqat shu. Aks holda, hammasi juda yomon bo‘ladi", - dedi Allegri "DAZN" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" rahbariyati moliyaviy firibgarliklarda ayblanganidan so‘ng klubdan 15 ochko olib tashlangandi.
Fikrlar