Alonso — Karvaxalning sog‘lig‘i haqida: "U 7–8 hafta jamoaga yordam bera olmaydi"
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa sardori Dani Karvaxalning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi.
"Dani Karvaxal taxminan 7–8 hafta maydonga qayta olmaydi. Biz uni sabr bilan kutib turamiz", — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli qirollik klubi sardorining tizza bo‘g‘inida muammo aniqlanib, u jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi.
Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi 8 ta o‘yinda ishtirok etdi va hozircha gol yoki assist qayd etmagan.
1 noyabr kuni "qirollik klubi" Ispaniya chempionatining 11-turida o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qiladi. Bellashuv esa soat 01:00'da start oladi.



Fikrlar