Alonso "Atletiko" bilan kelishib oldi

  • 02.04.2024 17:04
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Barselona"ni yozda tark etishi kutilayotgan Markos Alonsoning keyingi manzili ham deyarli aniq bo‘lib bormoqda. U Ispaniyada qolishni rejalashtirgan. 

"Diario Sport" nashri xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi "Atletiko" bilan kelishuvga erishdi. Himoyachi yozgi transferlar oynasida erkin agent sifatida "matraschilar" safiga borib qo‘shiladi. 

Madrid Alonsoga begona emas. U futbolchilik faoliyatini "Real" klubida boshlagan. 2010 yilda "Bolton", keyin "Fiorentina" va " "Sanderlend" kabi jamoalarda to‘p tepganidan so‘ng "Chelsi"ga o‘tgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!