Alonso “Liverpool”ni boshqaradi. U jamoa uchun uchta zo‘r o‘yinchi tanladi

  • 19.03.2026 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yozda “Liverpul” boshqaruvini Xabi Alonso oʻz qoʻliga olishi kutilyapti. Ispaniyalik mutaxassis “Real” bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqarilgan yanvar oyidan beri ishsiz yuribdi.

TEAMtalk nashri xabar berishicha, Alonso allaqachon “Enfild”da  ishlashga tayyorgarlik koʻrmoqda. Mutaxassis muammoli pozitsiyalarni aniqlab, jamoada koʻrishni istaydigan uch nafar yangi oʻyinchini tanlab olgan.

Manbaga koʻra, Alonso “Liverpul” rahbariyati “Inter”dagi Alessandro Bastonini himoyaga, “Kristal Relas”dagi Adam Uortonni maydon markaziga va PSJ vakili Bredli Barkolani hujum chizigʻiga sotib olishi lozimligini taʼkidlayapti.

23 yoshli Barkola Transfermarkt portali tomonidan 70 million yevroga baholanmoqda, 26 yoshli Bastoni 80 million yevro, 22 yoshli Uorton esa 60 million yevro atrofida turadi.

Gvardiola yozda “Siti”ni ikki top-futbolchi bilan birga tark etadi.

“Manchester Siti” rahbariyati kelasi mavsum oldidan katta oʻzgarishlar qilishga bel bogʻlagan. El Nacional nashri maʼlumotiga koʻra, Xosep Gvardiola jamoa bosh murabbiyi lavozimida qolishi ehtimoli kam.

Top-mutaxassis deyarli ketish qarorini qabul qilgan. Gvardiola klubdagi oʻz vaqti tugaganini va loyiha oʻz kuchini yoʻqotganini biladi.

Gvardiola yo tatilga chiqadi, yoki milliy jamoani boshqaradi. Uni “Manchester Siti” murabbiylar shtabida avval ishlagan Enco Mareska almashtirishi mumkin.

Shuningdek, materialda yozilishicha, yozgi transfer oynasi davrida “Manchester Siti”dan ikki nafar top-futbolchi –  Rodri va Bernardu Silva ketishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!