Alonso “Liverpool”ni boshqaradigan bo‘ldi. Slotga og‘ir shart qo‘yildi
“Real” bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan Xabi Alonso “Liverpul” bilan shartnoma bo'yicha kelishib oldi va joriy mavsum yakunlangach, bosh murabbiy lavozimini egallashi mumkin.
Bu haqida OK Diario nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga k'ra, Alonso va ingliz klubi o'rtasida hamkorlik bo'yicha og'zaki kelishuv mavjud. Tomonlar uch yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Biroq kelishuv amalga oshishi “Liverpul”ning hozirgi murabbiyi Arne Slot k'rsatadigan natijalarga bog'liq bo'ladi.
Agar mersisaydliklar joriy mavsumda UEFA Chempionlar ligasida g'alaba qozonsa, ushbu kelishuv 'z kuchini yo'qotadi va Arne Slot joyida qoladi.
“Liverpul” va Alonso atrofidagi vakillar o'rtasidagi dastlabki norasmiy aloqalar noyabr oyi oxirida bo'lib o'tgani aytilmoqda. O'sha vaqtda ispaniyalik mutaxassis avvalgi ish joyidagi natijalar tufayli bosim ostida bo'lgan.
Shundan keyin “Enfild” rahbariyati kelasi mavsumdan ispaniyalik murabbiyni taklif qilish imkoniyatini o'rganishni boshlagan. Alonso joriy yil yanvar oyi o'rtalarida “Real” klubidan ishdan bo'shatilgan edi.
Fikrlar