Alonso: “Liverpul”ni boshqarsam, “Real”dan shu oʻyinchini olib kelasizlar!

  • 26.02.2026 18:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso oʻziga yangi jamoa tanlashi kerak. “Qirollik klubi”dan isteʼfoga chiqarilgandan keyin ispaniyalik mutaxassis turli klublardan chorlov oldi.

Xususan, “Liverpul” rahbariyati ham Arne Slot oʻrniga Xabi Alonsoni olib kelish masalasini koʻtargan. TEAMtalk nashri maʼlumotiga koʻra, ispaniyalik mutaxassis Angliyaning amaldagi chempioniga hamkorlik boʻyicha  oz shartlarini bildirgan.

Uning aytishicha, agar yozda “qizillar” bosh murabbiyiga aylansa, klub “Real”dan turkiyalik legioner Arda Gyulerni olib berishi  lozim.

Arda Gyuler 2023 yilda “Fenerbaxche”dan “Real”ga 26 million yevro evaziga oʻtgan edi. Karlo Anchelotti davrida asosan zaxirada qolib ketgan yosh oʻyinchi jamoani Xabi Alonso boshqargan paytda asosiy figuralardan biriga aylandi.

Transfermarkt  portali ekspertlari Arda Gyulerning bugungi kundagi transfer qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!