Alonso “Real”da penaltichilar qanday aniqlanishi aytdi

  • 05.10.2025 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining sakkizinchi turida “Real” futbolchilari o‘z maydonida uchinchi o‘rinda borayotgan “Vilyarreal” jamoasini qabul qilib, kuchli raqib ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.

Bu gal uchrashuv qahramoni Vinisius Junior bo‘ldi. 47-daqiqada hisobni ochgan braziliyalik hujumchi oradan 22 daqiqa o‘tib, penaltini aniq bajardi. Uchinchi gol jamoa to‘purari Kilian Mbappe hisobiga yozildi.

Bu o‘yinda ko‘pchilik penaltini Vinisius ijro etganiga e’tibor qaratdi. Odatda, “Real”da 11 metrlik nuqtadan Mbappe zarba yo‘llardi. Biroq bu safar to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan hujumchi to‘pni sherigiga qoldirdi.

“Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso bu vaziyatga izoh berishiga to‘g‘ri keldi.

- Bizda 11 metrli nuqtadan kim zarba berishini o‘yinchilar o‘zlari hal qiladi. Birinchi penalti tepish huquqi Mbappega tegishli. Uchrashuvda Kilian va Vinisius to‘pni kim tepishini o‘zaro hal qildi, - dedi bosh murabbiy.

Kilian Mbappe La Ligada sakkizta uchrashuvda urgan gollari sonini to‘qqiztaga etkazib oldi va to‘purarlar bahsida peshqadamlik qilmoqda. Vinisius Junior esa chempionatdagi beshinchi golini urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!