Alonso “Real”dagi o‘zi yoqtirgan yulduzni “Chelsi”ga chaqirdi
“Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibini oʻziga moslashtirish uchun ishonchini oʻqlagan ayrim oʻyinchilarni London superklubiga taklif qilmoqda.
Xususan, ispaniyalik murabbiy yangi ish joyida “Real”da porlayotgan Arda Gyuler bilan yana birga ishlashni istamoqda. “Aristokratlar” mutasaddilari ham turk futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Goal nashri maʼlumotiga koʻra, Alonso Gyulerni transfer qilish gʻoyasini faol tarzda ilgari surmoqda. “Qirollik klubi” 21 yoshli yarim himoyachi bilan xayrlashishni istamayapti, shuning uchun uning transferi uchun kamida 100 million yevro talab qiladi.
Transfermarkt portalida Arda Gyulerning narxi 90 million yevro, deb baholangan.
Joriy mavsumda futbolchi "Real" safida barcha musobaqalarda 50 ta oʻyin oʻtkazib, oltita gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar