Alonso: "Xatolarimizdan xulosa chiqaramiz"
"Real" La Liganing 7-turida "Atletiko" mehmoni bo‘lib, 5:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yomon o‘yin bo‘ldi. Alamli mag‘lubiyat. Bugun bizga ko‘p narsa etishmadi. Xatolarimizdan xulosa chiqaramiz. Biz mag‘lubiyatga loyiq edik.

Biz barcha jabhalarda yutqazdik, to‘p nazoratini qo‘lga ololmadik, duellarda yutqazdik va vaziyatlarni yarata olmadik. Buni analiz qilamiz va hammasini to‘g‘irlaymiz.
Bu progress. Biz o‘zimizni shakllantirayotgan bosqichdamiz.

Raqibga haddan tashqari ko‘o‘ to‘pni sovg‘a qilib qo‘ydik va kurashmadik.
Mavsumdagi ilk mag‘lubiyatimiz, bu og‘riqlik ekanini bilaman, biz o‘rganishimiz va o‘z o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak.

Ikkinchi taymda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi, o‘z darajamizni namoyish qila olmadik", - dedi ispaniyalik murabbiy.
"Real"ni keyingi turda "Vilyarreal" bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv kutmoqda. Undan oldin esa klub Qozog‘istonga safar qiladi.
Fikrlar