Alonsoning kelajagi "Liverpul" bilan bog'lanmoqda
Xabi Alonso "Real Madrid"dan ketganidan so‘ng bir oydan ortiq vaqtdirki, ishsiz qolmoqda. Bir necha kun avval ommaviy axborot vositalarida Alonso klub ichidagi ichki keskinlik sababli "Marsel" varianti dan voz kechgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Goal portalida chop etilgan maqolada ham ushbu holatga to‘xtalib o‘tilgan. Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis uchun ehtimoliy yangi manzil sifatida "Liverpul" varianti ko‘rib chiqilmoqda.
Ayni paytda jamoa bosh murabbiyi Arne Slotning lavozimi xavf ostida emas. Biroq mavsum natijalari qoniqarsiz bo‘lsa, "Enfild"ga Alonso bu safar murabbiy sifatida qaytishi mumkin.
Ma’lumot uchun, hozirda Angliya Premier-ligasi turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar