Alonsoning o‘rni kimga tegishi hal bo‘ldi

  • 27.12.2025 09:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Katta umidlar bilan o‘tgan yoz Bundesliganing “Bayer” klubidan Madridga olib kelingan bosh murabbiy Xabi Alonsoning “Real”dagi ishlari kutilganidek silliq ketayotgani yo‘q.

Oradan yarim yil o‘tib, Alonsoning kursisi qimirlab qoldi. “Qirollik klubi” uning o‘rniga boshqa nomzodlarni o‘rganib chiqayotgani haqida ko‘p ma’lumotlar chiqyapti.

Xususan, ESPN nashrining xabar berishicha, “Real” yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa klub rahbariyati tomonidan hamkasbi Xabi Alonso o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar qishki transfer bozoriga chiqish orqali kadrlar muammosini hal qilish variantini ko‘rib chiqqan, biroq mutasaddilar yanvar oyida xaridlar ehtimoli past, deb hisoblaydi.

Ispaniya Superkubogi “Real” uchun mavsumda hal qiluvchi pallaga aylanishi mumkin, chunki Alonsoning kelajagi hali ham katta so‘roq ostida qolmoqda. Madridliklar Superkubog yarim finalida hamshaharlar “Atletiko”ga to‘qnash kelgan. Final yo‘llanmasi egasi 8 yanvar kuni aniqlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!