A’loxon Abdullaev: "Gattini xurmat qilaman. Biroq..."

  • 18 iyun, 2024, 10:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

"Jang" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi iste’dodli bokschimiz A’loxon Abdullaev bo‘ldi. U hafta "qahramon"lari Oskar de laXoya va Arturo Gatti o‘rtasida o‘z tanlovini ma’lum qildi. 
- To‘g‘risi, bu ikki afsona bokschilarning jangini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rmaganman. Chunki, ular faoliyat olib borgan vaqtda men juda yosh edim. Lekin keyinchalik ularning janglarini tomosha qilganman.Ikkisi o‘rtasidagi o‘zaro jangni ham ko‘rganman. Gattini Mikki Uord bilan "dahshat"li to‘qnashuvlarini ham kuzatganman. Gattini boksini va boksdan tashqari muhtojlarga qilgan yaxshiliklarini juda hurmat qilaman. Biroq, u professional sportchiga xos bo‘lmagan tarzda maishatga berilgani mag‘lubiyatlariga sabab bo‘lgan deb o‘ylayman. Oskar de la Xoyya esa haqiqiy professional bo‘lgan. Boks tushish uslublari ham, oyoq harakatlari, texnikasi ham zo‘r bo‘lgan. Gatti qaytmas, haqiqiy jangchi bo‘lgan bo‘lsa, Oskar aqlli bokschi bo‘lgan. Har doim ringda aql bilan harakat qilgan bokschi ko‘proq muvaffaqiyat qozonadi, deb o‘ylayman. Oskar de la Xoya faoliyatini yakunlaganidan keyin ham professional boks rivojiga o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda. Men Gattini hurmat qilaman. Biroq, Oskar de la Xoyyani kuchliroq bokschi bo‘lgan deb bilaman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!