Al’vares Angliya klublarini mensimadi, u faqat “Barsa”ga boradi
Maqsad aniq
The Athletic nashri jurnalisti David Ornshteyn Madriddning “Atletik” klubi hujumchisi Julian Alvares Londonning “Arsenal” klubiga o‘tishni istamayotgani haqida ma’lumot berdi.
Bundan oldin argentinalik forvard ilgari o‘zi o‘ynagan “Manchester Siti” chorlovini ham qabul qilmagani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Futbolchi “Atletiko” rahbariyatining mazkur transfer bo‘yicha pozitsiyasiga qaramay, “Barselona”ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.
- Uning “Arsenal”ga o‘tish ehtimoli katta emas, chunki u butun qalbi bilan “Barselona”ga intilayapti.
“Atletiko” xo‘jayinlari “Barselona” uchun eshikni yopdi va bu transfer amalga oshmaydi. Ular “Arsenal” bilan kelishuv tuzishlari mumkin, “Arsenal” klublar o‘rtasidagi kelishuvga erishishga tayyor. Ammo “Arsenal” futbolchining o‘zi ham ularga qo‘shilish istagini bildirishini xohlayapti. Hozircha esa u bunday xohish bildirmayapti. U Mikel Arteta bilan suhbatlashdi va “Arsenal”ga o‘tishni istamasligini aytdi.
U yaqin kunlarda o‘z pozitsiyasini yumshatishi mumkinmi? Bunday vaziyatlar har doim oldindan aytib bo‘lmaydigan holatdir. Shuning uchun shoshilinch xulosa chiqarib, bu hech qachon sodir bo‘lmaydi, demoqchi emasman. Ammo hozir voqealar ayrimlar taxmin qilayotganidek rivojlanmayapti.
Menimcha, u “Arsenal”ning maqsadlaridan biri bo‘lib qoladi. Agar ular uni qo‘lga kirita olmasa, ehtimol, mavjud variantlardan kelib chiqib harakat qilishadi, - deya Ornshteynning so‘zlarini TNT Sports keltirgan.
Izohlar (0)