
Alvaresdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Golovkinga tibbiy yordam ko‘rsatildi
Qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin meksikalik Saul Alvares bilan bo‘lgan jangda o‘ng ko‘zidan jarohat olgan. Jang 36 yoshli sportchining faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bilan yakunlandi va 28 yoshli raqibi WBC, WBA Super va IBO versiyalari bo‘yicha chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritdi.
Golovkin jangdan so‘ng mag‘lubiyat sabablarini izohlashni rad qilib, tezda kiyim almashtirish xonasiga yo‘l olgan va u erda bokschiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, shifokorlar yordamidan so‘ng u rasmiy matbuot anjumanida qatnashgan.
Qozog‘istonlik bokschi uchun bu professional ringdagi 40-jangi bo‘ldi. Bungacha u 38 g‘alaba (34 nokaut) va bir durang qayd etgan edi.
Alvares esa faoliyatidagi 49-g‘alabasini nishonladi. Uning hisobida yana 2 durang va 1 mag‘lubiyat mavjud.
Fikrlar