Alvesh: "Real" biz kechroq uyg‘onganimiz uchun chempion bo‘ldi"

  • 22.04.2022 15:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya La Ligasi yakuniga 5 tur qolgan bir paytda "Real" eng yaqin ta’qibchisi "Barselona"dan 15 ochko ilgarilab, chempionlik masalasini deyarli hal etdi.

Kataloniyaliklar himoyachisi Dani Alveshning fikricha, bunga jamoasining mavsum boshida ko‘rsatgan yomon o‘yini sabab bo‘lgan. "Biz juda kech uyg‘ondik va bundan "Real" juda unumli foydalandi. Shunchaki bu mavsum "Barsa"ning omadi kelmadi, aks holda, raqobat va intriga umuman boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

Bu - hayot va biz kechikdik. Endi boshqa maqsadlar sari harakat qilishimiz lozim."Real" biz kechroq uyg‘onganimiz uchun chempion bo‘ldi",-dedi braziliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, "qirollik klubi" kelasi 5 turda 4 ochko to‘plasa, o‘z tarixida 35-bor chempionlikni nishonlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!