Amad Diallo: "Mening kumirim — Messi"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Amad Diallo oʻzining sevimli futbolchilari haqida gapirib, Krishtianu Ronalduni nomini tilga olmadi.
– Mening kumirim doimo Lionel Messi boʻlgan, har doim uni aytaman. Messi — men oʻrnak olishga harakat qiladigan futbolchi.
MYUda esa menga haqiqatdan ham Ueyn Runi yoqardi. Agar mendan klubning sobiq futbolchilaridan kim bilan bir jamoada oʻynashni istashimni soʻrashsa, Runi deb javob beraman, chunki u menga juda-juda yoqadi, – dedi Diallo "Inside Carrington" podkastida.
Fikrlar