
Amerika kubogi. Braziliya Peruni ishonchli hisobda engdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi
Bugun tongda Braziliya yashil maydonlari mezbonlik qilgan navbatdagi Amerika kubogi ham o‘z yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida Braziliya Peruga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Braziliya – Peru 3:1 (2:1, 1:0)
8 iyul, 01.00, «Marakana»
Gollar: 1:0 – 15 Everton, 1:1 – 44, penalti Gerrero, 2:1 – 45 Gabriel Jezus, 3:1 – 90, penalti Risharlison.
Braziliya – Alisson, Dani Alves, Markinos, Tiago Silva, Aleks Sandro, Artur, Kazemiro, Gabriel Jezus, Koutino (Eder Militao, 77), Everton (Allan, 90), Firmino (Risharlison, 75).
Peru – Galese, Advinkula, Sambrano, Abram, Trauko, Tapiya (Gonsales, 82), Yotun (Ruidias, 78), Flores, Kueva, Karrilo (Polo, 86), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Gabriel Jezus (30), Tapiya (49), Tiago Silva (53), Sambrano (68), Advinkula (84), Risharlison (90).
Chetlatish: Gabriel Jezus (70).
Fikrlar