Asosiy mazmunga oʻtish

Amorim "Milan" bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo'lib turibdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Portugaliyalik mutaxassis muzokara o'tkazmoqda

Portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim "Milan" bosh murabbiyligi lavozimiga asosiy da'vogar sifatida ko‘rilmoqda.

The Athletic nashrining xabar berishicha, 41 yoshli murabbiy o‘tgan hafta Portugaliyada milanliklar rahbariyati vakillari bilan muzokara o‘tkazgan.

Amorimning so‘nggi ish joyi "Manchester Yunayted" bo‘lgan. U ingliz klubini 2024 yil noyabridan 2026 yil yanvarigacha boshqargan.

Avvalroq "Milan" bosh murabbiylik uchun boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan edi. Ular orasida Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi ustozi Mattias Jayssle hamda "Kristal Pэlas"dan ketgan Oliver Glasner bor.

Italiya grandi yaqin vaqt ichida yangi bosh murabbiy borasida yakuniy qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q