Amorim MYuga 17 yoshli shogirtini 100 millionga oldirmoqchi

  • 18 noyabr, 2024, 21:56
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sporting” qanot hujumchisi Jovanni Kenda faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Mail Sport xabar berishicha, ingliz grand klubi 17 yoshli portugaliyalikka jiddiy qiziqmoqda. Transfermarkt uning narxini 15 million evroga baholagan. Lekin, Kendaning tovon puli 100 million evro etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Ruben Amorim “Sporting”ni tark etib, “Manchester Yunayted” murabbiyiga aylangan edi. 17 yoshli vinger uning qo‘l ostida 18 ta uchrashuvda 2 ta gol va 2 ta assist qayt etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!