Amorim MYuga A Seriyaning eng kuchli qanot himoyachilaridan birini olib kelmoqchi

  • 14.10.2025 19:22
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning chap qanotiga "Inter" a’zosi Federiko Dimarkoni olib kelishni istamoqda. Bu haqda Transfer News Live xabar berdi.

Manbaning qayd etishicha, "Manchester Yunayted"ning qiziqishi Dimarko va "Inter" o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni murakkablashtirgan.

Federiko Dimarko bir necha pozitsiyada o‘ynashga qodir. "Inter"da u odatda uchta markaziy himoyachi tizimida butun chap qanot bo‘ylab harakat qiladi. Aynan shunday tizim Ruben Amorimga yoqadi.

Nufuzli Transfermarkt portali 27 yoshli Dimarkoning narxini 50 million evroga baholagan. Futbolchining "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!