
Amorim o‘z o‘yinchisini “choyxona”ga tushirdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Adexandro Gornacho Angliya Premer-ligasining 27-turida “Ipsvich”ga qarshi uchrashuvning 45-daqiqasida zaxiraga olingan edi.
Uchrashuvda himoyachi Patrik Dorgu qiziq kartochka olganidan keyin bosh murabbiy Ruben Amorim argentinalik hujumchi o‘rniga himoyachi Nussair Mazrauini maydona tushirdi. 20 yoshli Garnacho bu holatga noroziligini ko‘rsatish uchun to‘g‘ri kiyim almashtirish xonasiga kirib ketdi.
Amorim bu holatni muhokama qilishga va’da bergan edi. Echim ham o‘ziga xos bo‘ldi.
- Garnacho yonimga keldi. O‘yinning ertasi kuni xonamga o‘z ixtiyori bilan kelganining o‘zi qiziq. U bilan suhbatlashib, to‘g‘ridan to‘g‘ri kiyim alishtirish xonasiga yo‘l olgani sababini aniqladim. Uning kiyimi xo‘l bo‘lib ketgan ekan va qayta kiyinib olish uchun ichkariga yo‘l olgani ma’lum bo‘ldi.
Aslida o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida kuzatmaganining ziyoni yo‘q. Lekin “Manchester Yunayted” singari buyuk klublarda birdamlik juda muhim hisoblanadi. Shu bois, endi Garnacho butun jamoa uchun kechki ovqat uyushtirib beradi, - dedi Ruben Amorim.
Fikrlar