
Amorim Reshfordni “Manchester Yunayted”dan nega haydaginini aytdi
“Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi Markus Reshford jamoani portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim qilib olganidan keyin qadrdon klubini tark etishga majbur bo‘ldi.
27 yoshli qanot hujumchisi mavsumni Angliya Premer-ligasining boshqa klubi – “Aston Villa”da davom ettiradi.
Ruben Amorim muxlislarning yoqimtoyiga aylangan futbolchi bilan nega xayrlashishga qaror qilganini tushuntirib berdi.
- Men Markusni o‘yin va mashg‘ulotlarga mening nazarim bilan qarashga ko‘ndira olmadim. Ayrim murabbiylar bilan zo‘r ishlaydigan va ba’zi mutaxassislar bilan chiqisha olmaydigan futbolchilar uchrab turadi.
Markus Reshford va “Aston Villa” ustozi Unai Emeri birga yaxshi ishlab ketishlari tarafdoriman, chunki u juda zo‘r futbolchi, - dedi Ruben Amorim.
Markus Reshfordning manchesterliklar bilan yana uch yillik shartnomasi bor. Uning klubdagi kelajagi joriy mavsum yakunlanganidan keyin muhokama qilinadi.
Fikrlar