Amorim to‘rt yulduzni ro‘yxatdan o‘chirib tashladi

  • 22 iyul, 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim qattiqqo‘lligini namoyish qilishda davom etmoqda. Bu mutaxassis AQShga uyushtiriladigan turne oldidan to‘rt futbolchini ro‘yxatdan o‘chirib yubordi.

Tecno

ESPN nashrining ma’lum qilishicha, Ruben Amorim xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga Jeydon Sancho, Tirell Malasia, Alexandro Garnacho va Antonini olib ketmaydi.

Ikki hafta muqaddam Ruben Amorim bu o‘yinchilar o‘ziga yangi ish joyi topishdan bosh tortgani uchun ularni klub bazasiga kelishini ta’qiqlagan edi.

Klub rahbariyati ham bosh murabbiy qarorini ma’qullab, bu o‘yinchilar murabbiylar shtabining talabiga javob bermasligini ta’kidlagan.

Jamoadan chetlatilgan futbolchilar orasida Maokus Reshford ham bor edi. 27 yoshli forvard “Barselona”ga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi va ayni paytda Ispaniyada bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!