
Amrabatga yana bir A Seriya grandi qiziqish bildirmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Sofyan Amrabatga A Seriya klubi qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" marokashlik futbolchini sotib olish niyatida emas. Uning transfer huquqi "Fiorentina"ga tegishli.
Avvalroq, Amrabatga "Yuventus" qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. "Tuttosport" nashri xabariga ko‘ra, 27 yoshli yarim himoyachi uchun Italiyaning "Milan" jamoasi kurashadi. "Rossonerilar" maydon markazini Amrabat bilan kuchaytirmoqchi.
Sofyan joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 22 ta o‘yin o‘tkazdi. "Transfermarkt" portali Marokash terma jamoasi yulduzining narxini 22 million evroga baholamoqda.
Fikrlar