
"An-Nasr" portugaliyalik yarim himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
"An-Nasr" tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Klub radariga "Real Betis" futbolchisi Vilyam Karvalyu tushdi, deya xabar bermoqda "Foot Mercato" nashri. Yarim himoyachining o‘zi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha deyarli kelishuvga erishilgan.
Manbaning ta’kidlashicha, Ispaniya klubiga 31 yoshli futbolchining tovon puli to‘lanadi, ya’ni bu orqali "Betis" 45 million evro ishlab olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Karvalyu jamoasining muhim o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi ushbu mavsum 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar