"An-Nasr" Ronaldu bo‘yicha yangi qaror qabul qildi

  • 21.08.2026 11:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining ikkinchi turidagi navbatdagi uchrashuv oldidan «An-Nasr» jamoasi tarkibi e’lon qilindi. Ro‘yxatdan jamoaning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham o‘rin oldi.

«An-Nasr» bu turda «Ar-Riyod» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda jamoa sardorining safga qaytayotganini ma’lum qildi va Ronalduning jamoadoshlari bilan birgalikdagi mashg‘ulotidan lavhalarni e’lon qildi. Uchrashuv juma kuni, 21 avgust sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 41 yoshli portugaliyalik futbolchi 2026 yildgi jahon chempionatidan keyin rasmiy o‘yinlarda maydonga tushmagan edi. Shu bois, kelayotgan bahs Ronaldu uchun yangi mavsumdagi ilk o‘yin bo‘lishi mumkin. U avvalroq Saudiya Arabistoni chempionatining start turidagi «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuvni, shuningdek, mamlakat Chempionlar kubogi doirasidagi «Ad-Diriya»ga qarshi bellashuvni o‘tkazib yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!