
“An-Nasr” Ronalduning dushmanini chaqirdi
Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”da juda noqulay ahvolga tushib qolishi mumkin. Klub rahbariyati “Atletiko”dan Saul Nigesni transfer qilmoqchi.
Saul va Ronaldu La Liga va xalqaro maydonda o‘zaro ko‘p marotaba to‘qnash kelgan. Ularning munosabati yaxshi emasligi aytilmoqda.
2016 yili Ronaldu etakchiligidagi “Real” Chempionlar ligasi finalida Saulning “Atletiko”sidan ustun kelgan edi. Niges o‘sha mavsum jami 51 ta gol urgan Ronalduning natijalarini tan olmagan.
- “Real”ning eng zo‘r futbolchisi Luka Modrich. Ularning oldingi chizig‘ida muhim o‘yinchilar bo‘lsa-da, ularning barchasini oldinga Modrich olib o‘tadi, - degan edi Saul Niges.
Endi 28 yoshli yarim himoyachi saudiyaliklarning mo‘may daromadli taklifini qabul qilsa, o‘zi yoqtirmagan portugaliyalik yulduz bilan birga to‘pishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar