"An-Nasr" sobiq futbolchisi: "Ronalduning o‘zini internetda emas, maydonga ko‘rsatishi kerak"

  • 10.01.2026 14:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi sobiq futbolchisi Husayn Al-Sulaymoniy portugaliyalik 40 yoshli markaziy hujumchi Krishtianu Ronalduga nisbatan tanqidiy fikr bildirdi.

"Uning ijtimoiy tarmoqlardagi postlarini hamma ko'radi. Lekin ishni internetda emas, ko'proq futbol maydonida ko'rishni istardim. Ronaldu sardor va yetakchi sifatida ko'proq ishlashi kerak. U maydonda farq qilishga majbur bo'lgan muhim o'yinchi. Avval nima bo'lgani muhim emas. Bu endi tarix. Hozir u jamoaga qanday foyda keltirayotgani muhim", - deya Al-Sulaymoniyning so'zlarini keltiradi Kooora.

Ronaldu 2023 yilning yanvarida "An-Nasr" safiga qo'shilgandi. Joriy mavsumda portugaliyalik yulduz 13 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 14 ta gol yozib qo'ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!