
"An-Nasr" uzoq kutilgan transferni e’lon qilish arafasida
"Inter" yarim himoyachisi Martselo Brozivich faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.
Xorvatiyalik futbolchining "An-Nasr"ga transferi yopilish arafsida. Bu haqida jurnalist Janluka Di Martsio xabar berdi. Tomonlar 30 yoshli futbolchi transferi borasida kelishuvga erishdi.
Riyodliklar Brozovich uchun "rossonerilar"ga 18 million evro to‘laydi.
O‘tgan mavsumda Martselo A Seriya doirasida 28 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol hamda 5 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar