
"An-Nasr"ning Misr klubiga qarshi tarkibi bilan tanishing! Ronaldu asosiyda, Mane esa...
Birozdan so‘ng Arab chempionlari kubogi doirasida bo‘lib o‘tadigan Saudiya Arabistonining "An-Nasr" va Misrning "Zamalek" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin start oladi. Mazkur bahs oldidan Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi "An-Nasr" klubi tarkibi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, sardor Ronaldu, Marselo Brozovich, Anderson Taliska va Aleks Telles kabi mashhur legionerlar uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlaydi. Yaqinda sotib olingan Sadio Mane esa zaxira o‘rindig‘idan joy oldi.
Fikrlar