
Ana xolos! Harri Keyn “Nyukasl”da o‘ynaydi
Britaniyaning The Mirror nashri xabar berishicha, Angliya terma jamoasining eng zo‘r hujumchisi Harri Keyn uchun kurashda “Chelsi” ham, “Manchester Siti” ham “Nyukasl”ga bas kelolmaydigan bo‘ldi.
Saudiya Arabistoni investorlari qo‘liga o‘tganidan keyin qudratli klubga aylanib borayotgan “Nyukasl” jamoa tarkibini bir necha yulduz darajasidagi futbolchilar bilan kuchaytirishni maqsad qilgan va o‘z niyatini amalga oshirish uchun pul ayamaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, saudiyaliklar Harri Keynni olish uchun “Tottenxem”ga katta summa berishga tayyor. Bu masalada tomonlar o‘zaro kelishib olsa bo‘lgani. “Qarg‘alar” hozirning o‘zida 29 yoshli hujumchi uchun 150 million funt berishga tayyor. Ular kerak bo‘lsa, bu summani 200 million funtgacha ko‘tarishga tayyorligi aytilyapti.
Mutaxassislar "Tottenxem" bunday katta mablag‘dan voz kecha olmasligini ta’kidlamoqda.
Fikrlar