
Ana xolos! 2022 yilgi jahon chempioni zo‘rlashda ayblanmoqda
Argentina terma jamoasi va "Sevilya" himoyachisi Gonsalo Montiel zo‘rlashda gumon qilinmoqda. Bu haqda taniqli "Marca" nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, qurbon jahon chempioni bilan qisqa munosabatda bo‘lgan modeler bo‘lgan. Bu holat 2019-yilning yanvar oyida, ya’ni, argentinalik futbolchining tug‘ilgan kunida sodir bo‘lgan.
Qizga tegishli advokatining so‘zlariga ko‘ra, 30-mart, payshanba kuni Montielga qarshi da’vo arizasi berilgan.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Gonsalo 17 ta bahs o‘tkazib, yagona golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar