
Ana xolos! A Seriya klubining naqd 15 nafar a’zosida koronavirus aniqlandi
"Sampdoriya" klubi yarim himoyachisi Yakub Yankto genueliklarning 15 nafar futbolchisi koronavirusni yuqtirib olganini aytdi.
“Mening barcha oila a’zolarim uy karantinida. Biz hech qaerga bora olmaymiz va bu cheklovlar yoqimsiz. Men koronavirusga chalingan jamoadoshlarim bilan bog‘landim, ular klubning 15 nafar a’zosiga ushbu virus yuqqanini ma’lum qilishdi. Ammo, kasallanganlar soni bundanda ko‘proq bo‘lishi ham mumkin edi.
Men ham o‘zimni sog‘lom ekanligimga shubha qilyapman, lekin hozircha o‘zimni yaxshi his qilyapman. Menda koronavirus yo‘q deb umid qilaman. Ehtimol, men ham kasallangandirman, ammo hozircha buni bilmayman. Men faqat tavsiyalarga amal qilishim va uyda qolishim kerak”, - deydi futbolchi.
Hozirga kunga kelib Italiyada 3 mingdan ortiq odam COVID-19 virusidan vafot etgan.
Fikrlar