Ana xolos! Anchelotti ham xitoyliklar bilan muzokara boshladi

  • 25 oktabr, 2017, 14:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Karlo Anchelotti faoliyatini Xitoy Superligasida davom ettirishi mumkin. Nanfang Daily nashrining yozishicha italiyalik mashhur mutaxassis «Guanchjou Evergrand» klubi bilan muzokaralarni boshladi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, xitoy klubiga ayni damda braziliyalik Luis Felipe Skolari boshchilik qilmoqda. Mavsum yakunlangach jamoadan ketishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Guanchjou Evergrand” klubi joriy mavsum muddatidan avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!