Ana xolos! Azarga darrov yangi jamoa topildi

  • 8 may, 2021, 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Evropa Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin yozda bir necha futbolchi bilan xayrlashishini ma’lum qilgandi. Xususan, Madridda yulduzli o‘yinlarini namoyish qilolmagan Eden Azar ham transferga qo‘yildi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, belgiyalik yarim himoyachini “Chelsi” ortga qaytarishni rejalashtirmoqda. 2012-2019 yillar davomida Azar londonliklar etakchisi sifatida porlagan edi.

“Chelsi” rahbariyati “Qirollik klubi” Azar uchun talab qilayotgan 50 million evroni to‘lashga tayyorligini bildirmoqda.

Azar joriy mavsumda barcha turnirlarda 19 ta uchrashuv o‘tkazib, uchta gol urishga erishdi. Ikki yil oldin 115 million evroga olingan futbolchi asosiy vaqtini jarohatlarini davolatishga sarflamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!