
Ana xolos: Bellingem jamoani tark etishi kutilyapti
“Real” yulduzi Jud Bellingemning ukasi Job yozda o‘zi ko‘chib o‘tgan Bundesliga grandi – Dortmundning “Borussiya” klubini tark etishi kutlmilmoqda.
Taniqli jurnalist Sasha Tavolerining ma’lum qilishicha, 20 yoshli angliyalik yarim himoyachi o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqtining kamligidan norozi bo‘lmoqda. Job dortmundliklar safiga ko‘chib o‘tganidan beri jamoa tarkibida hali birorta uchrashuvda to‘liq o‘ynagani yo‘q.
Bundesliga, Germaniya kubogi va Evropa Chempionlar ligasida jami to‘qqizta uchrashuvda to‘p tepgan futbolchi hali o‘zini ko‘rsata olmadi.
Dortmundliklar iste’dodli futbolchini olish uchun “yozda “Sanderlend”ga 30,5 million evro miqdorida badal puli to‘lagan edi. Markaziy yarim himoyachi “Borussiya” bilan besh yillik shartnomaga imzo chekkan. Biroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun klubni tark etishga qaror qilgani aytilmoqda.
Fikrlar