Ana xolos: Ettita terma jamoa jazolandi
Evropa futbol federatsiyalari uyushmasi – UEFA tartib-intizom qo‘mitasi yaqinda Germanida tashkil etilgan Evropa chempionatida qatnashgan ettita terma jamoaga oid rasmiy qarorini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, mintaqaviy xalqaro tashkilot ettita milliy federatsiyaga jarima qo‘llagan. Bunga “Evro-2024” vaqtida bu mamlakatlar terma jamoalari ashaddiy muxlislari tartib-intizom qoidalariga amal qilmagani sabab bo‘ldi.
Qaror bo‘yicha eng katta jarimaga Xorvatiya futbol federatsiyasi toptildi. Terma jamoa fanatlari o‘yinlar vaqtida irqchilik va boshqalarni kamsituvchi harakatlarni sodir etgani bois federatsiya 50 ming evro jarima to‘laydi.
Shuningdek, Ruminiya 40 ming, Albaniya, Vengriya, Sloveniya, Serbiy 30 mingdan, Avstriya 20 ming evro miqdorida jarimaga tortildi.
Bundan tashqari, ettita federatsiyaga UEFA shafeligida bo‘lajak musobaqalar doirasida o‘z mamlakati terma jamoalarining safar uchrashuvlari uchun muxlislarga chipta sotish ta’qiqlandi.



Fikrlar