Ana xolos: Gvardiola yozda ketadi, o‘rniga murabbiy topildi
“Manchester Siti” rahbariyati va bosh murabbiy Xosep Gvardiola mavsum yakunida hamkorlik davom ettirilishi yoki to‘xtatilishi hal etiladigan muhim uchrashuv o‘tkazadi.
Bu haqida X ijtimoiy tarmog‘idagi Topskills Sports UK akkaunti xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Gvardiolaning kelajagi yaqin oylardagi natijalarga bog‘liq bo‘ladi. Agar joriy mavsum klub rahbariyati kutgan natijalarni bermasa, murabbiyning ketishi real variant sifatida ko‘rib chiqiladi.
Qayd etilishicha, “shaharliklar” Gvardiola 2026 yil yozida jamoani tark etgan taqdirda, unga o‘rinbosar sifatida ko‘rilayotgan italyalik mutaxassis Enco Mareskaning vakillari bilan allaqachon aloqa o‘rnatgan.
Yaqinda “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan Mareskaning o‘zi “Manchester Siti”da ishlashga juda qiziqmoqda va bosh murabbiy lavozimini egalashga tayyor.
Gvardiolaning “Manchester Siti” bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar