Ana xolos: Jamoa Yevrokuboklarga chiqmasa, asosiy yulduzining maoshi keskin oshadi

  • 18.02.2026 07:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya terma jamoasi forvardi Niko Uilyams o'tgan yoz Bilbaoning “Atletik” klubi bilan o'n yillik yangi shartnoma imzolagan edi. Hamkorlik uzoq yillarga mo'ljallanganiga qaramay, bitimda 23 yoshli hujumkor futbolchining boshqa klublarga o'tishini ta'minlovchi bandlar bor.

Angliya Premier-ligasidan “Liverpul” va “Tottenxem” Nikoga da'vogarlik qilmoqda. TEAMtalk nashri xabar berishicha, har ikki klub futbolchining shartnomasida belgilangan sotib olish optsiyasini faollashtirishga tayyor.

Bilbaoliklar Niko Uilyams uchun 95 million yevro taklif qilinsa, o'yinchini qo'yib yuborishga majbur bo'ladi.

Jamoaning asosiy yulduziga chiqish eshiklarini ochadigan yana bir omil bor. Agar “Atletik” mavsum yakunida Evrokuboklarga chiqa olmasa, Niko Uilyamsning maoshi haftasiga 195 ming yevrogacha ko'tariladi. Hozir jamoa Ispaniya chempionatida 11-o'rinda bormoqda.

Uilyamsga klub byudjetiga og'irlik qiladigan maosh to'lagandan ko'ra, bilbaoliklar uni sotib yuborib, gaznaga mo'may daromad tushirish imkoniyatidan foydalanishi kutilyapti.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!