Ana xolos! Kavani qishda MYudan ketadi

  • 07.11.2020 21:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunida “Manchester Yunayted” safiga qo‘shilgan Edinson Kavani yanvardayoq shartnomani bekor qilishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, urugvaylik to‘purar bosh murabbiy Sulsherning unga taqdim etayotgan o‘yin vaqti kamligidan norozi bo‘lmoqda va qishki transferlar mavsumi ochilishi bilan ko‘proq o‘ynatadigan boshqa jamoaga o‘tib ketmoqchi bo‘lyapti. Kavani manchesterliklar tarkibida beshta  uchrashuvda jami 93 daqiqa o‘ynadi va bitta gol urdi.

Bundan tashqari, Kavaniga yaqin bo‘lgan manbalar tajribali futbolchi Manchesterda o‘zini noqulay his qilayotganini aytmoqda.

Kavani yozda maosh masalasida kelisha olmagan “Benfika” va “Atletiko” bilan qayta muzokaraga kirishishi kutilmoqda. Buning uchun urugvaylik hujumchi maosh masalasidagi talablarini pasaytirishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!