Ana xolos! Kurtua La Liganing ilk turini o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 29.07.2019 22:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra belgiyalik posbon to‘pig‘idan jarohat olgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra u taxminan 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, Kurtua 17 avgust kuni La Liganing ilk turidan o‘rin olgan “Selta”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Kurtua o‘tgan mavsum “Real”da 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 48ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!