Ana xolos: Legionerimiz ketadiganlar ro‘yxatiga kiritildi

  • 20 dekabr, 2023, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, birinchi liga g‘olibi sifatida Rosssiya Premer-ligasiga ko‘tarilgan “Rubin” uchun mavsum muvaffaqiyatli boshlandi.

Tecno

Qozon shahri sharafini himoya qilayotgan jamoa chempionatning birinchi qismida 18 ta uchrashuvda 28 ochko jamg‘arib, ettinchi o‘rinni egallab turibdi. “Rubin” va musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Krasnodar” o‘rtasidagi ochkolar farqi o‘ntani tashkil qilmoqda. Qozonliklarda mavsum oxiriga qadar yanada yuqori o‘rinlarni egallash imkoni bor.

Bosh murabbiy Rashid Rahimov jamoa tarkibini optimallashtirishga qaror qildi. Qozonliklar qishki transferlar davrida to‘rt nafar futbolchi – yarim himoyachilardan Umarali Rahmonaliev, Aleksandr Lomovitskiy, Leon Musaev va Igor Konovalov bilan xayrlashishga qaror qildi.

f7d67f2275bed59843430ffca9eeced464c6791c5f45e933798973

Ro‘yxatdan o‘rin olgan futbolchilarjan Umarali Rahmonaliev hamda Aleksandr Lovomitskiy hozirga qadar chempionatdagi 18 ta uchrashuvdan teng yarmida maydonga tushgan.  Qolgan ikki o‘yinchi asosiy tarkibga kira olmayapti. Igor Konovalov atigi bir marta o‘yinda qatnashgan bo‘lsa, Musaev hali maydon ko‘rgani yo‘q.

Rossiya futbolini tahlil qilib borayotgan ekspertlar “Rubin” murabbiylar shtabi  20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchini rejaga asosan ijaraga berishga qaror qilganini ta’kidlamoqda.

Rashid Rahimov legionerimizni ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va mahorati yanada o‘sishini istayapti.  Jamoaning hamyurtimiz bo‘yicha rejalari hali oldinda ekani aytilmoqda.

Umarali “Bunyodkor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchimiz 2023 yilning boshida erkin agent sifatida “Rubin” jamoasi bilan shartnoma imzolagan edi.

Rahmonaliev kelishuvga ko‘ra, 2026 yilning 30 iyunigacha “Rubin” a’zosi hisoblanadi.

Iste’dodli o‘yinchimiz joriy mavsumda Premer-ligada to‘qqizta, Rossiya kubogida beshta uchrashuvda maydonga tushdi. Biroq murabbiylar bu Rahmonalievning o‘sishi uchun kamlik qiladi, deb hisoblamoqda.

Endi “Rubin” mutasaddilari Umarali Rahmonaliev bo‘yicha takliflarni o‘rganib chiqishi kerak bo‘ladi.

7d30e1f6af807392ebdbaaaafb09b741

Umarali Rahmonaliev xalqaro miqyosida O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari sharafini himoya qilib kelmoqda. Xususan, 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoamiz bilan shu yil boshida Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi.

Terma jamoamiz Osiyo chempioni sifatida Argentinada o‘tkazilgan jahon chempionatida ham munosib o‘yin ko‘rsatdi.  Bu jamoa safida Umarali jami 11 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga bir juft to‘p kiritgan.

Shuningdek, Rahmonaliev  O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida ham olti marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi.

Londonning “Arsenal”ida porlagan o‘yinchi Fayzullaev haqida gapirdi

Fayzullaev hali hech kim qayd etmagan natijaga erishdi

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!