Fayzullaev hali hech kim qayd etmagan natijaga erishdi

  • 20 dekabr, 2023, 23:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev faoliyatida qiziqarli holat yuzaga keldi. Legionerimiz Rossiya Premer-ligasining birinchi qismini yakunlab, hordiq chiqarishga ham ulgurdi va O‘zbekiston milliy terma jamoasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga qo‘shildi.

20 shli legionerimiz TsSKAdagi faoliyatini boshlashi bilan bir necha individual sovrinlarga ega chiqdi. Abbosbek Fayzullaev TsSKAning har oydagi eng yaxshi o‘yinchilarini aniqlash uchun tashkil etilayotgan so‘rovnomalarda hech kimga imkoniyat bermayapti.

Hujumkor futbolchimiz jamoasining sentyabr va oktyabr oylaridagi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilib, maxsus sovrinlar bilan taqdirlandi.

TsSKA muxlislari noyabr va dekabr oylari davomida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan charm to‘p ustasini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada ham Fayzullaevni ushbu nomga munosib topdi.

photo_2023-12-18_17-45-23

Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasida o‘ynagan legionerlarimiz orasida ketma-ket to‘rt oydan beri jamoasining eng yaxshi futbolchisini nomini o‘zida saqlab kelayotgan o‘zbek futbolchisiga aylandi.

Hali hech bir legionerimizga ketma-ket oy laureati bo‘lish nasib qilmagan edi.

Sports.uz sayti TsSKA muxlislarining Abbosbek Fayzullaev noyabr va dekabr oylarining eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lgani borasidagi fikrlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Katya:

Abbosbek Fayzullaev – jamoaning haqiqiy etakchisi nomiga munosib.

Sanechka:

Abbos – geniy!

Egor Fokin:

Abbos, qishda boshqa jamoaga ketib qolma, sen bizga keraksan!

Tixilov Oleg:

O‘zbek futbolchisi yaqinda kuchli chempionatga jo‘naydi. Minimum Turkiya, maksimum Italiya chempionati bo‘ladi.

Artyom:

Ketma-ket bir necha oydan beri eng zo‘r o‘yinchi bo‘layotganidan Abbosning o‘zi ham hayratda bo‘lsa kerak.

N.K:

Osiyo kubogida Abbosga omad tilaymiz.

Maks Malinin:

Endi Akinfeev eng zo‘r futbolchi bo‘lolmaydi.

78:

Katta klublar yozda Fayzullaevni olib ketadi. Buni his qilib turibman.

Vlad:

Abbosni tabriklayman, o‘z o‘yinlari bilan bu sovrinlarga munosib ekanini ko‘rsatdi.

Karina:

Abbos asosiy futbolchimiz.

Sancho:

Fayzullaev jamoaga yangi kelganida unga hech kim ishonmagan edi...

Igor Diveev:

Kim o‘yinni maydondan tomosha qilsa, Fayzullaev haqiqatan yugurib ter to‘kayotgani va ko‘zi yonib turganini ko‘radi.

MAN7831

Denis:

7 million evroga olingan Davila o‘zbek futbolchisining soyasida qolib ketdi.

Mixail:

Bunga hech kim shubha qilmagandi.

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Темиров Набижон
19/12/2023 08:53
Кўз тегмасин деб қоламиз...................................................,