Ana xolos: Legionerlarimiz jamoasiga bir milliarddan ko‘proq pul berildi!

  • 11 iyul, 2023, 20:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari – Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov to‘p tepayotgan “Ordabasi” klubining g‘aznasi yanada boyiydigan bo‘ldi.

Tecno

500_64ac299a3a753

Chimkent jamoasi xalqaro maydondagi musobaqalarda ishtiroki tufayli etishi qo‘shimcha tarzda klubga bir milliard 71 million tenge ajratildi. Bu haqda Baigenews.kz sayti xabar tarqatdi.

Aslida Qozog‘istonda klublarning yillik umumiy byudjeti 1 milliard 200 million tenga qilib belgilangan. Klublar byudjetining qisqartirilishi mamlakat prezidentining keskin tanqididan keyin amalga oshirildi.

Biroq, Chimkent shahri sport boshqarmasi klubga qo‘shimcha mablag‘ kiritilganini Evrokuboklardagi faoliyat bilan izohladi.

Unga ko‘ra, qo‘shimcha ajratilgan mablag‘ hisobidan jamoaning safar chiqimlari, xalqaro uchrashuvlar o‘tkaziladigan stadionlarni UEFA talablariga mos holatga keltirish, futbolchilar va murabbiylarning maoshlarini to‘lash, avtobuslar va sport bazalarining ijarasini yopish va soliqlarni ado etish kabi xarajatlar qoplanishi ko‘zda tutilgan.

“Ordabasi” klubi o‘tgan mavsumda Qozog‘iston Premer-ligasida beshinchi o‘rinni egalladi. Chimkentliklar mamlakat kubogi musobaqasida barcha raqiblarini engib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joizki, jamoa safida o‘ynagan Shahboz Umarov ham Qozog‘iston kubogi sohibi bo‘ldi. Bungacha iste’dodli hujumkor futbolchimiz O‘zbekiston va Belarus kuboklarida muvaffaqiyat qozonib, bosh sovringa ega bo‘lgandi.

Bu natijalar “Ordabasi”ga UEFAning uchinchi musobaqasi – Konferentsiyalar ligasida qatnashish imkoniyatini berdi. Xalqaro musobaqaning saralash turniri ikkinchi bosqichida chimkentliklar Polshaning eng qudratli klubi “Legiya” bilan kuch sinashadi.

Raqobat ikki bahsdan iborat bo‘ladi. Dastlabki uchrashuv 27 iyul kuni Chimkentda, javob o‘yini 3 avgust kuni Polshada tashkil qilinadi.

“Ordabasi” hozir yaxshi formada. Chimkentliklar o‘z muxlislarni xushnud qilmoqda. Premer-ligada 15 ta uchrashuvdan keyin 38 ochko jamg‘argan jamoa birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Chempionlik poygasida “Ordabasi”ning asosiy raqobatchisi bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan holda chimkentliklar bilan bir xil ochko to‘plagan “Astana” hisoblanadi.

Shuningdek, “Ordabasi” ketma-ket ikkinchi marta Qozog‘iston kubogi finaliga yo‘llanma oldi. Jamoa hal qiluvchi bahsni 4 noyabr kuni “Tobol”ga qarshi o‘tkazadi.

Har ikki legionerimiz jamoaning etakchi o‘yinchilaridan hisoblanadi. 24 yoshli hujumkor futbolchimiz Shahboz Umarov joriy mavsumda barcha turnirlarda 20 marotaba maydonga tushib, to‘rtta gol hamda ikkita assist rasmiylashtirdi.

14754d3c5ba2c7af20342723b9287ed2

Qozog‘istonda ilk mavsumini o‘tkazayotgan 26 yoshli hujumchimiz Bobur Abduxoliqov esa, 22 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bir juft golli pas uzatdi.

Legionerimizning goli jamoasini birinchi o‘ringa olib chiqdi!

To‘purar legionerimizga qimmatbaho raqobatchi keldi!

Legionerimizning goli finalga yo‘l ochdi! Oldinda final!

  

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!