Ana xolos: “Liverpool” Slotni bo‘shaytmaydigan bo‘ldi

  • 26.03.2026 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot yaqinlashib kelayotgan yozda oʻz lavozimini tark etmaydi. Bu haqida The Independent xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, mersisaydliklar rahbariyati mutaxassis joriy mavsumda oʻziga bogʻliq boʻlmagan bir qator omillarga duch kelganini tushunadi.

Qator futbolchilarning jarohatlari murabbiyga tarkibni toʻliq boshqarish imkonini bermadi, shuningdek Diogu Jotaning vafoti jamoaga ham oʻyin, ham ruhiy jihatdan taʼsir qildi.

Hozirgi vaqtda “Liverpul” Angliya Premier-ligasi jadvalidа 49 ochko bilan beshinchi oʻrinda bormoqda. Shuningdek, jamoa Chempionlar ligasi 1/4 finalida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!