Ana xolos: “Manchester Siti” eng zo‘r pleymeyker Kevin de Bryuynedan voz kechmoqda
“Manchester Siti”ning eng zo‘r pleymeykeri Kevin de Bryuyne og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Belgiyalik hujumkor futbolchi kelasi yilning yanvar oyiga maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” rahbariyati 32 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Uning shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan.
Klub mutasaddilari Kevin bilan yangi bitim bo‘yicha muzokara olib borishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Biroq, yarim himoyachi og‘ir jarohat olganidan keyin rahbariyatning fikri o‘zgardi.
Agar “Manchester Siti” Kevin de Bryuyne bilan shartnomani uzaytirmasa, yozda futbolchini oladigan klublar muzokaralarga kirishishi kutilmoqda.
Kevin de Bryuyne manchesterliklar safida 2015 yildan beri o‘ynab keladi. Shu paytga qadar pleymeyker 358 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 96 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 153 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar