
Ana xolos! Messi va Mbappe o‘rnini Xoland egallaydi!
PSJ rahbariyati tarkibni Chempionlar ligasida g‘olib chiqadigan darajada keltirmoqchi. Yozda parijliklar safida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi.
Klub rahbariyati Lionel Messi va Kilian Mbappe Parijda uzoq vaqt qolishiga ishonmayapti. Argentinalik yulduz qisqa muddat uchun katta maosh talab qilmoqda va bu holat yangi shartnoma tuzish imkonini bermayapti.
Mbappe esa, “Real”ga o‘tib ketish yo‘llarini qidiryapti. Vaziyatni to‘g‘ri baholagan PSJ xo‘jayinlar jamoaga yangi yulduz sifatida Erling Xolandni olib kelmoqchi.
Manbalar “Manchester Siti” rahbariyati yozda norvegiyalik to‘purarni 198 million evro evaziga qo‘yib yuborishini yozmoqda. Parijliklarni bu summa qoniqtiradi.
Fikrlar