
Ana xolos: Messida ikki variant bor. Ular orasida “Barsa” yo‘q!
PSJ bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Lionel Messi kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlashi hamon mavhum bo‘lib turibdi.
Jahon chempionining o‘zi “Basrelona”ga qaytmoqchi. Biroq, “Barselona” hali Messi qaytarish yo‘lini topgani yo‘q. Kataloniyaliklar La Liga rahbariyatidan transfer uchun rozilik olishi kerak. Buning uchun esa, ular moliyaviy muammolarni bartaraf etib, ulgurishi talab etiladi.
Manbalarning ta’kidlashicha, hozir Messining qo‘lida aniq ikkita taklif bor. Birinchisi, hozirgi jamoasi u bilan kelishuvni uzaytarish bo‘yicha shartnoma bergan va futbolchining javobini kutmoqda.
Ikkinchi variant Saudiya Arabistonidan. “Al-Hilol” har mavsum uchun jahon chempioniga katta miqdorda maosh taklif qilyapti. Messi bor e’tiborini mavsumni yakunlab olishga qaratgan. Keyin bir qarorga kelishini ma’lum qildi.
Fikrlar